Kafolat shartlari.

1. Asosiy tushunchalar va atamalar

1.1      Kompaniya –«COSCOM» MCHJ, Ucell savdo belgisi.

1.2      Mahsulot – telefon apparatlari, smartfonlar, planshetlar va boshqalar kabi texnik murakkab mahsulotlar

1.3      Nuqsonli mahsulot – belgilangan maqsadlarda foydalanish mumkin bo'lmagan va (yoki) nuqsonlari bo'lgan sifatsiz mahsulotlar.

1.4      Mijoz – 16 yoshga to'lgan, kompaniyadan tovarlarni sotib oluvchi har qanday jismoniy shaxs.

1.5      Yetkazib beruvchi – Kompaniyaga mahsulotlar yetkazib beruvchi tashkilot, korxona yoki muassasa.

1.6      Dalolatnoma – Mahsulotlarning ta'mirlanmasligi to'g'risidagi dalolatnoma.

1.7      VSM – Yetkazib beruvchining vakolatli servis markazi;

1.8      FO – front ofis («COSCOM» MCHJ abonentlarga xizmat ko’rsatish ofisi).

2. Sifatli mahsulotlarni almashtirish va qaytarish

2.1      To'g'ri sifatli va faqat rangi, shakli yoki boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha Mijoz uchun mos bo'lmagan, mahsulotning sifatiga bog'liq bo'lmagan tovarlar qaytarilmaydi yoki almashtirilmaydi.

3. Sifatsiz mahsulotlarni almashtirish va qaytarish

3.1.     Mahsulot uchun kafolat muddati kafolat talonida yoki Mahsulotga boshqa ilova hujjatida ko'rsatilganlar asosida Yetkazib beruvchi tomonidan belgilanadi.

3.2.     Kafolat bo’yicha ta'mirlash, kafolat muddati davomida Mahsulotning nuqsonlarini (kamchiliklarini) bartaraf etish VSM tomonidan amalga oshiriladi.

3.3.     Agar mahsulot nuqsoni aniqlansa, mijoz mustaqil ravishda VSMga murojaat qiladi. Zarur bo’lganda, VSM ro'yxati mijozga front ofis rahbari / Kompaniyaning savdo ofisi maslahatchisi-sotuvchi tomonidan taqdim etiladi.

3.4.     Mahsulotlar uchun Dalolatnoma tasdiqlangan yoki berilgan taqdirda, bunday mahsulotlar sifatsiz mahsulotlar deb tan olinadi va mahsulotlarni sotib olish joyida almashtirilishi kerak.

3.5.     Sifatsiz Mahsulotni Kompaniyaning savdo ofisiga qaytarish uchun dalolatnoma yoki VSM tomonidan ta'mirlanmaslik to'g'risidagi boshqa tasdiq, mijozning mahsulotlar ro'yxatini ko'rsatgan holda yozma arizasi, mahsulot hujjatlari, shuningdek, agar u VSMda qolmagan bo'lsa, mahsulotlarning to'liq kokomplekti asos bo’ladi.

3.6.     Nuqsonli Mahsulotni almashtirish uchun Mijoz FO bilan bog'lanishi va 3.5-bandda ko'rsatilgan rasmiylashtirilgan hujjatlarni taqdim etishi kerak.

3.7.     Nuqsonli Mahsulotni o'xshash mahsulot (model, artikul) bilan almashtirish yetti kun ichida, zarur bo’lganda, kompaniya tomonidan ariza berilgan kundan boshlab yigirma jun ichida mahsulot sifatini qo'shimcha tekshirish orqali amalga oshiriladi.

3.8.     O'xshash markadagi (model, artikul) mahsulot bo'lmagan taqdirda, Mijozning almashtirish to'g'risidagi talabi da'vo qilingan kundan boshlab bir oy ichida qanoatlantiriladi. Cho'l va chekka hududlar, davriy yetkazib beriladigan hududlar uchun Mijozning ko'rsatilgan talabi tovarlarni ushbu hududlarga keyingi yetkazib berish uchun zarur bo'lgan, lekin ikki oydan ortiq bo'lmagan muddatda qondirilishi kerak.