“Trade In” – bu eski smartfoningizni manfaatli shartlarda yangisiga almashtirish imkonini beruvchi xizmat. “Trade In” dasturi Ucell ofislarida yangi smartfon xarid qilishda chegirmasiga avval ishlatilgan smartfonni almashtirishni ko‘zda tutadi. Chegirma hajmi aksiyada ishtirok etayotgan smartfonning rusumi va holati kabi xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi.

 

“TRADE IN” DASTURI BO‘YICHA 3 QADAMDA O‘Z SMARTFONINGIZNI YANGILANG:

 1 qadam - Smartfoningizni Ucell ofisiga olib keling. Xodimlarimiz smartfoningizni baholash ishlarini o‘tkazishadi va uni sotib olishning aniq qiymatini aytishadi.

2 qadam - “Trade In” dasturi bo‘yicha barcha maxsus takliflarni hisobga olgan holda yangi smartfon tanlang.

3 qadam - yangi smartfon xarid qilish uchun narxidagi farqini – naqd pulda yoki bank kartasi orqali to‘lang, yoxud muddatli to‘lov rasmiylashtiring.

 

“TRADE IN” AFZALLIKLARI:

1) TEZ VA QULAY

Yaqin atrofdagi Ucell ofisiga tashrif buyuring, telefoningizni baholating va o‘sha zahotiyoq Ucelldan qo‘shimcha foyda bilan yangisiga almashtiring. Smartfonni o‘zingiz sotishga vaqt sarflashingizga hojat yo‘q, hech qanaqa e’lon joylash, ular bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar va xaridorlar bilan samarasiz uchrashuvlar bo‘lmaydi.

2) XAVFSIZ

Ucelldagi “Trade In” jarayoni Sizning ishtirokingizda o‘tkaziladi, hech bir harakat roziligingizsiz amalga oshirilmaydi. Agar sotib olish qiymati Sizni qoniqtirsa, uni qabul qilish oldidan eski smartfoningizdan barcha shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘chirib tashlanadi.

3) MANFAATLI

Yangi smartfonga yaxshigina chegirma olish, qolgan qismiga esa muddatli to‘lov rasmiylashtirish mumkin.

 

XIZMATNING TAQDIM ETILISH SHARTLARI:

  • “Trade In” dasturidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z pasportining yoki ID-kartasining asli bilan foydalana oladilar.
  • “Trade In” dasturi bo‘yicha chegirmadan faqat Ucell sotuv ofislaridan yangi smartfon xarid qilish uchun foydalanish mumkin.
  • Avval ishlatilgan bitta smartfonni “Trade-In” bo‘yicha topshirishdan olingan chegirma bitta yangi smartfonga qo‘llanadi va yangi smartfon narxidan yuqori bo‘la olmaydi. Yangi qurilmaga “Trade In” bo‘yicha faqat bitta chegirmani qo‘llash mumkin.
  • Avval ishlatilgan qurilmaning baholash o‘tkazilganidan keyingi sotib olish qiymati faqat baholash o‘tkazilgan kuni amal qiladi.
  • “Trade In” xizmati bo‘yicha chegirma badali pul ko‘rinishida to‘lab berilmaydi.

 

QABUL QILIB OLINADIGAN SMARTFONLARGA TALABLAR:

  • Smartfon yoqilishi lozim.
  • Smartfon o‘z vazifalarini bajarishi (ovozli qo‘ng‘iroq amalga oshirish, internetga kirish imkoni bo‘lishi) kerak.
  • Smartfon displeyi teginishlardan ta’sirlanishi, unda shishlar yoki begona dog‘lar bo‘lmasligi zarur.
  • Smartfon korpusining butunligi buzilmagan bo‘lishi darkor.
  • Smartfon mijozning qayd hisoblaridan (akkauntlaridan) ajratilgan, zavoddagi sozlamalar holatiga qaytarilgan bo‘lishi kerak.
  • SIM-karta uyachasida begona narsalar bo‘lmasligi zarur.
  • Smartfon qonuniy asoslarda mijozga tegishli bo‘lishi, garovda bo‘lmasligi va uchinchi shaxslarning talablaridan ozod bo‘lishi lozim.


Qabul qilinishi mumkin bo‘lgan smartfonlar ro‘yxati: 


Xizmat hamkor “GCELL TRADE” MChJ tomonidan taqdim etiladi.